Qo'llanma

UzbekLid'ni noldan sozlash: kirishdan birinchi lid va sotuvgacha. Har bo'limda qadamlar, panel rasmlari va video.

🚀
Bo'lim 1

Boshlash: kirish va sinov muddati

UzbekLid'ga Telegram orqali kirasiz — parol va SMS yo'q. Panel saytda ham, bot ichidagi mini ilovada ham bir xil ishlaydi.

  1. Saytda «Bepul boshlash» ni bosing yoki Telegram'da @Uzbeklidbot ga /start yozing.
  2. Kompyuterda QR-kod chiqadi — telefon kamerasi bilan skanerlang va botda Start ni bosing. Sahifa o'zi panelga o'tadi.
  3. Botda «Raqamni yuborish» tugmasi bilan telefon raqamingizni yuboring va ismingizni yozing.
  4. Panel ochiladi. Bosh menyuda balans, tarif, lidlar soni, yetkazish holati va so'nggi lidlar ko'rinadi.
Boshlash: kirish va sinov muddati
💡 Yangi foydalanuvchiga 10 kun Pro tarif bepul beriladi. Undan keyin oyiga 1 000 ta lid bepul (Boshlang'ich tarif).
📘
Bo'lim 2

Facebook va Instagram'ni ulash

Lid formalari Facebook sahifangizga tegishli. Instagram reklamasidagi formalar ham shu sahifa orqali keladi, shuning uchun alohida ulash shart emas.

  1. Menyuda Ulanishlar → 1 · Facebook → «Facebook bilan ulash».
  2. Facebook oynasida hisobingizni tanlang va sahifalar hamda reklama akkauntlariga ruxsat bering.
  3. Panelga qaytgach, Sahifalar kartasida lid olinadigan sahifalarni belgilab, Saqlash ni bosing.
  4. Reklama akkauntlari kartasida statistika va CPL uchun akkauntlarni belgilab, Saqlash ni bosing.
Facebook va Instagram'ni ulash
💡 Sahifada admin yoki lidlarga kirish huquqingiz bo'lishi kerak. Yangi sahifa qo'shsangiz — «Ro'yxatni yangilash».
💬
Bo'lim 3

Lid guruhini qo'shish

Lidlar Telegram guruhingizga tushadi. Guruhga bot qo'shiladi, operatorlar esa lid bilan shu yerda ishlaydi.

  1. Telegram'da yangi guruh oching (yoki mavjudini ishlating) va sotuvchilaringizni qo'shing.
  2. Panelda Ulanishlar → 2 · Telegram → «Botni guruhga qo'shish».
  3. Telegram ochiladi: guruhni tanlang va botga admin huquqini bering.
  4. Panelga qayting — guruh ro'yxatda o'zi paydo bo'ladi, yonida «bot admin» yozuvi turadi.
Lid guruhini qo'shish
💡 Bot admin bo'lmasa, operatorlarning reaksiyalari hisoblanmaydi. «Tekshirish» tugmasi holatni ko'rsatadi.
🧩
Bo'lim 4

Integratsiya yaratish

Integratsiya — bu bitta loyiha: manba (forma yoki bot) → guruh → (xohlasangiz) CRM → lid shabloni. Har bir mijoz yoki loyiha uchun alohida integratsiya qiling.

  1. Integratsiyalar → «Integratsiya qo'shish». Alohida sahifa ochiladi.
  2. 1 · Manba: «Facebook lid» ni tanlang, sahifa va formalarni belgilang. Bitta guruhga bir nechta forma ulash mumkin.
  3. 2 · Qayerga: lid tushadigan guruhni tanlang. Kerak bo'lsa CRM'ni belgilang va CPL chegarasini yozing.
  4. 3 · Shablon: lidda qaysi maydonlar, qanday nom va tartibda chiqishini belgilang. Pastda tayyor xabar ko'rinadi.
  5. Yakunlash ni bosing va «Test lid» bilan guruhga namuna yuborib tekshiring.
Integratsiya yaratish
Integratsiya yaratish
💡 Bitta forma faqat bitta guruhga ulanadi — boshqa integratsiyada band formalar xira ko'rinadi. O'zgartirish uchun kartadagi ✏️ ni bosing.
🔗
Bo'lim 5

CRM ulash: amoCRM, Bitrix24, Google Sheets, Webhook

CRM bir marta ulanadi, keyin istalgan integratsiyada belgilanadi. Lid guruh bilan bir vaqtda CRM'ga ham tushadi.

amoCRM / Kommo

  1. amoCRM'da: amoMarket → ⋯ → Integratsiya yaratish → Xususiy integratsiya, keyin uzoq muddatli token yarating.
  2. Panelda Ulanishlar → 3 · CRM → amoCRM: manzil (masalan kompaniya.amocrm.ru) va tokenni qo'ying.

Bitrix24

  1. Bitrix24'da: Ilovalar → Dasturchilar uchun → Boshqa → Kiruvchi webhook, CRM ruxsatini belgilang.
  2. Webhook havolasini panelga qo'ying.

Google Sheets

  1. Jadvalni «Bo'lishish» orqali panelda ko'rsatilgan xizmat emailiga Muharrir huquqi bilan oching va havolasini qo'ying. Sarlavhalar o'zi yoziladi.

Webhook

  1. O'z tizimingiz manzilini (https://…) kiriting — har bir lid JSON ko'rinishida yuboriladi, imzo kaliti panelda beriladi.
CRM ulash: amoCRM, Bitrix24, Google Sheets, Webhook
💡 Sotuv holati qaytishi: amoCRM yoki Bitrix24 dagi «Muvaffaqiyatli» bosqich guruhdagi lidga 🏆, «Yopildi/yo'qotildi» esa 👎 bo'lib qaytadi. Buning uchun paneldagi qaytish havolasini CRM webhook sozlamalariga qo'ying.
🤖
Bo'lim 6

Telegram Ads lidlari (biznes bot)

Telegram Ads e'lonidan odam sizning botingizga keladi. Bot telefon, ism va savollarga javobni yig'adi va lid qilib guruh hamda CRM'ga yuboradi.

  1. @BotFather da /newbot → bot nomi va username → tokenni nusxalang.
  2. Integratsiya qo'shish → manba «Telegram Ads lid» → «Bot ulash» → tokenni qo'ying.
  3. Savollar shablonini tuzing: bitta tanlov, bir nechta tanlov yoki erkin javob; majburiy savollarni belgilang.
  4. Guruh va CRM'ni tanlang → Yakunlash. E'londa havola: t.me/botingiz?start=kampaniya — qaysi e'londan kelgani lidda ko'rinadi.
Telegram Ads lidlari (biznes bot)
💡 Standart+ — 3 ta bot, Pro — 5 ta, Agentlik — 10 ta. Standart tarifga 3 ta bot qo'shimcha funksiya sifatida ulanadi.
🌐
Bo'lim 7

Sayt formalari va Google Ads

Tilda, WordPress yoki istalgan sayt formasi hamda Google Ads lid formalari ham shu guruh va CRM'ga tushadi.

  1. Menyuda Sayt formalari va API → forma yoki Google Ads manbasini qo'shing, guruhni tanlang.
  2. Berilgan webhook havolasini sayt formasi sozlamalariga qo'ying (Tilda: Sayt sozlamalari → Formalar → Webhook).
  3. Google Ads: lid formasi → Webhook integratsiyasi → havola va kalitni qo'ying, «Test ma'lumot yuborish» bilan tekshiring.
Sayt formalari va Google Ads
💡 O'z dasturingizdan lid yuborish uchun API kalit yarating — hujjat shu bo'limda.
🏆
Bo'lim 8

Reaksiyalar va sotuv operatorlari reytingi

Operatorlar lid bilan gaplashgach, guruhdagi xabarga reaksiya qo'yadi. Tugma yoki qo'shimcha dastur kerak emas.

  1. 👍 — sifatli, 👎 — brak, ⚡ — povtor, 🏆 — sotildi. Reaksiyani keyin o'zgartirish mumkin.
  2. Sotuv summasini yozish: lid xabariga javob qilib raqam yozing (masalan 5000000).
  3. Sotuv operatorlar reytingi bo'limida har bir operatorning lidlari, konversiyasi, sotuv summasi va o'rtacha javob vaqti ko'rinadi.
Reaksiyalar va sotuv operatorlari reytingi
💡 Guruhdagi har bir a'zo reaksiya qo'ysa, avtomatik operator hisoblanadi — alohida qo'shish shart emas. Reyting Pro tarifdan.
📊
Bo'lim 9

Lid va reklama statistikasi, Excel

Lid statistikasi bizning bazadan (sifat, sotuv), reklama statistikasi esa Facebook'dan (xarajat, CPL, CTR) olinadi.

  1. Lid statistikasi: kunlik lidlar, sifat ulushi, platformalar, akkaunt va formalar bo'yicha jadval.
  2. Reklama statistikasi: sarf, CPL, sifatli lid narxi, eng yaxshi va eng qimmat e'lonlar.
  3. Yuqoridagi sana tugmalari (Bugun, 7 kun, 30 kun) va akkaunt kartalari bilan filtrlang.
  4. Hisobotlar va Excel bo'limida hisobotni yuklab oling yoki botga yuboring.
Lid va reklama statistikasi, Excel
Lid va reklama statistikasi, Excel
💡 Reklama statistikasi Pro tarifdan yoki alohida qo'shimcha funksiya sifatida.
🔔
Bo'lim 10

CPL ogohlantirishlari

Kampaniyada lid narxi qimmatlashsa, @Uzbeklidbot sizga shaxsiy xabar yuboradi — har bir integratsiya (loyiha) bo'yicha alohida.

  1. Integratsiyaning 2 · Qayerga qadamida CPL chegarasini yozing (masalan $3). Yozmasangiz, odatdagi CPL bilan solishtiriladi.
  2. Lid qimmat bo'lib tursa, xabar har 3 soatda, kuniga ko'pi bilan 4 marta keladi (10:00–22:00).
  3. Ogohlantirishlar Bosh menyuda ham ko'rinadi. Integratsiyada ularni o'chirib qo'yish mumkin.
💡 CPL ogohlantirishlari Pro tarifdan yoki reklama statistikasi qo'shimcha funksiyasi bilan.
🎯
Bo'lim 11

Smart Sales — sotuvni Facebook'ga qaytarish

🏆 bilan belgilangan sotuvlar Facebook'ga «Purchase» hodisasi sifatida qaytadi. Shunda reklama shunchaki lid emas, haqiqiy xaridor topishga o'rganadi.

  1. Events Manager'da Dataset (Pixel) tanlang yoki yarating va Conversions API tokenini oling.
  2. Panelda Smart Sales → Dataset ID va tokenni kiriting → Saqlash.
  3. Events Manager'dagi test kodi bilan «Test» yuborib tekshiring.
Smart Sales — sotuvni Facebook'ga qaytarish
💡 Smart Sales — Agentlik tarifida. Pro tarifga qo'shimcha funksiya sifatida ulanadi.
💳
Bo'lim 12

Balans, to'lov va tariflar

Avval balansni to'ldirasiz, keyin tarif yoki qo'shimcha funksiyani balansdan faollashtirasiz.

  1. Yuqoridagi balansni yoki «To'ldirish» ni bosing va Click yoki Payme orqali to'lang. Kartaga o'tkazma qilsangiz — chekni yuboring, tekshirilgach balansga tushadi.
  2. Tarif va modullar → tarifni va muddatni tanlang: 3 oy — 5%, 12 oy — 12% chegirma.
  3. Bir pog'ona yuqori tarifdagi funksiyani alohida ulash mumkin — 30 kunga.
  4. Avtomatik uzaytirish yoqilgan bo'lsa, muddat tugaganda tarif balansdan o'zi uzayadi.
Balans, to'lov va tariflar
💡 Tarif tugashidan 3 kun oldin botga eslatma keladi.
❓

Ko'p so'raladigan savollar

Lid guruhga kelmayapti — nima qilay?

Integratsiya yoqilganini (yashil), forma shu integratsiyaga ulanganini va bot guruhda admin ekanini tekshiring. Integratsiya kartasidagi «Test lid» bilan sinab ko'ring.

Guruh yoki CRM ishlamay qolsa, lid yo'qoladimi?

Yo'q. Har bir lid avval saqlanadi va avtomatik qayta yuboriladi (5 daqiqa, 15 daqiqa, 1 soat…). Holat integratsiya kartasida ko'rinadi.

Bitta formani ikkita guruhga ulasa bo'ladimi?

Yo'q, bitta forma faqat bitta guruhga. Lekin bitta guruhga bir nechta forma ulash mumkin.

Operatorlarni qanday qo'shaman?

Ularni Telegram guruhiga qo'shing. Lidga reaksiya qo'ygan har bir a'zo avtomatik reytingga tushadi.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Tokenlar shifrlangan holda saqlanadi, lidlar faqat siz tanlagan guruh va CRM'ga yuboriladi. Batafsil — Maxfiylik siyosati.

🙋 Javob topmadingizmi? Botdagi «Yordam» yoki @Uzbeklidbot ga yozing.

Telefon bilan kiring

Telefon kamerasi bilan skanerlang va botda Start ni bosing

Tasdiqlash kutilmoqda… sahifa o'zi ochiladi
yoki
Parol va SMS kerak emas. Kirish bepul.